Yangi Oʻzbekistonda taʼlim va tarbiya sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishib kelinmoqda. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qurilayotgan Uchinchi Renessans poydevori sifatli taʼlim-tarbiyaga tayanishidan dalolat beradi. Zero, davlatimiz rahbari “Yangi Oʻzbekistonda eng muhim soha – taʼlim, eng hurmatli insonlar – oʻqituvchi va murabbiylardir!”, deb bot-bot takrorlashi yurtimizda taʼlimga boʻlgan eʼtibor yuksak darajada ekanligini koʻrsatadi.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida Respublika Maʼnaviyat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda chop etilgan “Ustozga ehtirom” va “Fidoyi direktorlar” kitoblari taqdimoti oʻtkazildi.
Ilm-fan arboblari, sanʼat fidoiylari ishtirokidagi tadbirni Respublika Maʼnviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ochib berib, nutqida mamlakatimizda oʻqituvchilarga, ustozlarga eʼtibor taʼlim tizimidagi islohotlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekiston Qahramoni, xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva, akademiklar Abbosxon Toʻrayev, Xolboy Ibragimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni sohibasi Dilbar Gʻulomova soʻzga chiqib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar davrida maktab taʼlimini rivojlantirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun oʻzining butun salohiyatini safarbar qilib, uzoq yillardan beri oʻz mehnati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi direktorlar davlatimiz tomonidan doimo eʼtirof etilib kelinayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi. Bugungi kunda ustozlarga eʼtibor, taʼlim sohasidagi islohotlar haqida yorqin misollar keltirishdi. Tadbirda ustozlarga kitoblar taqdim etildi. Ustozlar talaba-yoshlarga hayot yoʻli va tajribalari haqida soʻzlab berdi. Uch avlod oʻrtasida dildan suhbat uyushtirildi.
Ziyolilar jam boʻlgan maʼrifiy kecha misolida ham aytishimiz mumkin, bugun ustozlarga eʼtibor sezilarli darajada ortgan. Ular ham koʻrsatilayotgan har bir eʼtibordan ruhlanib, jamiyatimiz rivojiga oʻz hissasini qoʻshishga shay. Zero, inson qadrlangan yerda ilm-fan va yanada bardavom taraqqiy etaveradi.
Mamlakatimizda ustoz va muallim, oliygohlarning professor-oʻqituvchilari va ziyolilarning ilmiy-ijodiy faoliyatni targʻib qilish, ularga hurmat-eʼtiborni oshirish, xususan, ustoz va murabbiylarning qadrini oshirish, mashaqqatli va sharafli mehnatini eʼtirof etish ham ommaviy axborot vositalari orqali muntazam targʻib qilish maqsadida Respublika Maʼnaviyat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan 2024 yildan buyon “Ustoz” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, loyiha doirasida yurtimizdagi ellik nafarga yaqin taniqli shaxslar, ilm-fan, adabiyot va sanʼat namoyandalari ishtirokida turkum videointervyular tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlar va markaziy telekanallar orqali muntazam namoyish etilib kelinmoqda.
Ustozlarga ehtirom koʻrsatish, millatimizga dahldor eng buyuk qadriyatlardan biridir. Mana shunday xayrli ishlarda Respulika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshchiligida joriy yilda “Ustozga ehtirom” deb nomlangan maxsus kitob-albom tayyorlandi. Mazkur nashrdan Oʻzbekiston Qahramonlari – Ibrohim Gʻafurov, Anor Mahmudova, Shavkat Ayupov, Rahmon Muhammadiyev, Manzuraxon Madaliyeva, Kamoliddin Gʻopirov, Muhabbat Sharapova, Munojat Yoʻlchiyeva, shuningdek, taniqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, adabiyot va sanʼat namoyandalari – Dilbar Gʻulomova, Abdulla Aʼzam, Abbosxon Toʻrayev, Nurislom Toʻxliyev, Erkin Aʼzam, Farida Abdurahimova, Abdurahim Erkayev, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Shuxrat Sirojiddinov, Kamola Akilova, Hasan Rajabiy, Aynisa Musurmonova kabi 35 nafar ustozlarning fikr-mulohazalari, boy hayotiy tajribalaridan lavhalar oʻrin olgan. “Fidoyi direktorlar” kitobida zamonaning ilgʻor direktorlari faoliyati aks ettirilgna.
Maktab taʼlimi bugun yosh-avlod kelajagi uchun muhim bosqich sanaladi. Maktabning taraqqiy etishida, yosh-avlod uchun munosib shart-sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini nazorat qilish, pedagoglarning taʼlim sifatiga rioya qilishlarini taʼminrlash avvalo maktab direktorining zimmasiga tushadi. Direktorlik shunchaki rahbarlik emas unga kuchli salohiyat va minglab oʻgʻil-qizlar kelajagiga dahldorlik hissi boʻlishi kerak. U zamonaviy il egasi, yuksak salohityat sohibi boʻlmoqgʻi kerak. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi maktab direktori mamlakatning taʼlim konsepsiyasini tushunishi, maktabning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini samarali boshqarib, barcha resurslar va xodimlar salohiyatini taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirishi zarur. Buning uchun ulardan liderlik xususiyatlari va menejerlik koʻnikmalariga ega boʻlish talab etiladi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorligida “Fidoyi direktorlar” kitobi chop etildi. Unda ana shunday ilgʻor fikrli, jonkuyar direktorlar faoliyatiga nazar tashlangan.
Soʻngi yillarda ustozlarga munosabat, eʼtibor ortib bormoqda. Bugun oʻqituvchilarning obrusi baland pogʻonalarga koʻtarilgan. Zero, mamlakatimizda ilgari surilayotgan bunyodkorlik ishlarining tub mohiyatida ham ana shu – ustozlarni eʼzozlashdek ulugʻvor qadriyat mujassam.
Baxtiyor Husanov,
“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati raisi