Namangan viloyati delegatsiyasi Yaponiyaning nufuzli Meiji Gakuin University universitetida samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda zamonaviy ta’lim tizimi, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sifati va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashildi.

Shuningdek, JICA bilan hamkorlikni kengaytirish, namanganlik mutaxassislarni Yaponiyada malaka oshirish dasturlariga jalb etish, yapon ekspertlarini viloyatga taklif qilish hamda seminar va treninglar tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bu hamkorlik yurtimizda oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va kelajak uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.