Shu kunlarda Namangan viloyat mas’ullaridan iborat delegatsiya Tokio shahrida bo‘lib turibdi.
Yaponiya tajribasini o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan mazkur tashrif doirasida Tokiodagi O‘zbekiston Elchixonasida Yaponiyada tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh vatandosh yoshlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Muloqotlarning asosiy mavzusi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim, ijtimoiy himoya va boshqa sohalarda olib borilayotgan yangilanishlar bo‘ldi.
Ishtirokchilar Yangi O‘zbekistonda erishilayotgan yutuqlar, mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari hamda vatandoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.