Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida yoshlar va qamashilik faollar bilan samimiy suhbat qildi.

Prezident muloqot jarayonida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Halima Xudoyberdiyevalarni eslab oʻtdi.

Uchrashuvning yana bir taʼsirli jihati – yosh ijodkorlar va kitobxon oilalarga koʻrsatilgan eʼtibor boʻldi.

Prezident yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini alohida eʼtirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish boʻyicha topshiriq berdi. Respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor boʻlgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladigan boʻldi.

“Oʻzingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki boʻladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirchilik koʻrmaydi. Ota-onasidan katta sovgʻa oladi,” dedi davlatimiz rahbari.