Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka boʻlishi qayd etildi.

Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu gʻoya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda koʻtarinki ruhda oʻtkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” eʼlon qilindi.

Har bir viloyat hokimi, uning oʻrinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi masʼullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni tashkil etadi.

Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish boʻyicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil boʻyi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi taʼkidlandi.