🇺🇿"Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida Jizzax viloyati Zarbdor tumani markazidagi Favvoralar majmuasida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida taniqli san’atkorlar va mahalliy ijodkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar hamda badiiy chiqishlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Konsert davomida Vatanga muhabbat, milliy birlik, hamjihatlik va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti g‘oyalari keng tarannum etilib, festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar tuhfa etildi.