Ziyoli faol boʻlsa - jamiyat fikrlaydi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Jamiyatda ziyolilarning ijtimoiy faolligini oshirish” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida ziyolilarning jamiyat hayotidagi oʻrni, yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuvlar hamda ilm-fan va taʼlim vakillarining maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, maʼrifat, ezgu qadriyatlar va yuksak maʼnaviyatni jamiyatda keng targʻib etish, bu borada hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida amalga oshiriladigan yirik ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy loyihalarga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-oʻqituvchilarini keng jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Muloqotning muhim natijasi: 30 nafar ishtirokchi orasidan faolligi, tashabbuskorligi va maʼrifiy salohiyati bilan ajralib turgan 10 nafar ziyoli saralab olindi. Kelgusida ular "Maʼrifat" targʻibotchilari sifatida ijtimoiy loyihalarga jalb qilinadi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram