🇺🇿Yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida, so‘lim “Zomin” oromgohida yana bir  ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yillik to‘yiga, to‘yona sifatida chop etilgan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” nomli she’riy to‘plamning bolajonlar uchun ilk taqdimoti o‘tkazildi.

💠Taqdimotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov ishtirok etdi.

📚Mazkur to‘plam Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan. To‘plamdan Vatan, tinchlik, beg‘ubor bolalik, yorug‘ orzular haqidagi eng sara she’rlar joy olgan bo‘lib, u oromgohlar, umumta’lim maktablari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanishga mo‘ljallangan.