35 yillik buyuk yo‘l — «Mustaqillik zafarnomasi»da!

 

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlarni o‘zida mujassam etgan «Mustaqillik zafarnomasi» maxsus kitob-albomi tayyorlandi.

 

Unda Yangi O‘zbekistonning bugungi qiyofasini belgilab berayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari va yurtimiz hayotining turli sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar keng yoritilgan.

«Mustaqillik zafarnomasi» — bu shunchaki kitob emas. Bu — 35 yillik mustaqil taraqqiyotimizning solnomasi, bugungi islohotlarimizning natijasi va Yangi O‘zbekistonning ertangi avlodlarga qoladigan tarixiy manbasi.

 

Kitob-albom - «Ma’naviyat nashriyoti» tomonidan 30 ming nusxada nashr qilinib, vazirlik va idoralar, tashkilotlar, mahallalar, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar hamda diplomatik vakolatxonalarga bepul tarqatiladi.

Mustaqillik — tariximiz.

Taraqqiyot — bugunimiz.

Zafarlar — kelajagimiz!

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram