35 yillik buyuk yoʻl — «Mustaqillik zafarnomasi»da!

 

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, keng koʻlamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlarni oʻzida mujassam etgan «Mustaqillik zafarnomasi» maxsus kitob-albomi tayyorlandi.

 

Unda Yangi Oʻzbekistonning bugungi qiyofasini belgilab berayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari va yurtimiz hayotining turli sohalarida qoʻlga kiritilgan yutuqlar keng yoritilgan.

«Mustaqillik zafarnomasi» — bu shunchaki kitob emas. Bu — 35 yillik mustaqil taraqqiyotimizning solnomasi, bugungi islohotlarimizning natijasi va Yangi Oʻzbekistonning ertangi avlodlarga qoladigan tarixiy manbasi.

 

Mustaqillik — tariximiz.

Taraqqiyot — bugunimiz.

Zafarlar — kelajagimiz!

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram