Andijon viloyatida “Vijdon erkinligi – huquqiy kafolat va jamiyat barqarorligining asosi” mavzusida III-Respublika targ‘ibotchilar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 70 nafardan ziyod targ‘ibotchi ishtirok etib, vijdon erkinligini ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, jamiyat va barqarorlikni asrashga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uch kun davom etgan forum doirasida mamalakatimizda olib borilayotgan islohatlar, diniy bag‘rikenglik, milliy qadriyatlarimiz, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtiri yuzasidan o‘quvlar va seminar-treniglar o‘tkazildi.

Shuningdek, forum doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazning mas’ullari viloyat hududlarida bo‘lib, tuman targ‘ibot guruhi a’zolari, faxriylar, otinoyilar, xotin-qizlar faollari ishtirokida “Ayollar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” mavzusida seminar-treniglar va davra suhbatlari o‘tkazishdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram