Andijon viloyatida “Vijdon erkinligi – huquqiy kafolat va jamiyat barqarorligining asosi” mavzusida III-Respublika targʻibotchilar forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forumda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 70 nafardan ziyod targʻibotchi ishtirok etib, vijdon erkinligini taʼminlash, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash, jamiyat va barqarorlikni asrashga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uch kun davom etgan forum doirasida mamalakatimizda olib borilayotgan islohotlar, diniy bagʻrikenglik, milliy qadriyatlarimiz, oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtiri yuzasidan oʻquvlar va seminar-treniglar oʻtkazildi.

Shuningdek, forum doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazning masʼullari viloyat hududlarida boʻlib, tuman targʻibot guruhi aʼzolari, faxriylar, otinoyilar, xotin-qizlar faollari ishtirokida “Ayollar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish” mavzusida seminar-treniglar va davra suhbatlari oʻtkazishdi.

UzA

telegram | Facebook

YouTube | Instagram