🇺🇿🇹🇷 Anqara davlat ijtimoiy fanlar universitetida O‘zbekiston va Turkiya olimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda turkiy davlatlar o‘rtasida maʼnaviyat va maʼrifat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, olimlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Anqara davlat ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat o‘zbek va turk olimlari o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, maʼrifiy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Anjuman doirasida “Yangi O‘zbekiston zafarnomasi” kitobi hamda doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Muallif tadbir ishtirokchilariga o‘z dastxati bilan imzolangan kitoblarni taqdim etdi hamda asar nusxalarini universitet fondiga sovgʻa qildi. Uchrashuvda olimlar va ijodkorlarning maʼruzalari, shuningdek, badiiy chiqishlar tinglandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram