🇺🇿🇹🇷 Anqara davlat ijtimoiy fanlar universitetida Oʻzbekiston va Turkiya olimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda turkiy davlatlar oʻrtasida maʼnaviyat va maʼrifat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, olimlar oʻrtasida ilmiy va ijodiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Anqara davlat ijtimoiy fanlar universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat oʻzbek va turk olimlari oʻrtasida doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, maʼrifiy institutlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Anjuman doirasida “Yangi Oʻzbekiston zafarnomasi” kitobi hamda doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Oʻzbekiston” asari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Muallif tadbir ishtirokchilariga oʻz dastxati bilan imzolangan kitoblarni taqdim etdi hamda asar nusxalarini universitet fondiga sovgʻa qildi. Uchrashuvda olimlar va ijodkorlarning maʼruzalari, shuningdek, badiiy chiqishlar tinglandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram