🇺🇿🇹🇷 Istanbul Madaniyat universitetida turkiyalik olim Dr. Kemal Yavuz Atamanning“Men tanigan Oʻzbekiston” kitobi taqdimotiboʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Turkiya tomonlari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish, ilmiy va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Uchrashuvda ikki xalqni mushtarak tarix, maʼnaviy qadriyatlar va madaniy yaqinlik asosida yanada birlashtirish masalalari muhokama qilindi.
“Men tanigan Oʻzbekiston” kitobi muallifi Dr. Kemal Yavuz Ataman asarning yaratilish tarixi, unda Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti, boy tarixi va madaniyatiga oid qarashlar aks etgani haqida maʼlumot berdi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram