JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI
Markazning Inson resurslarini boshqarish boʻlimi tomonidan Toshkent shahar hamda tuman boʻlinmalari rahbar va xodimlari ishtirokida «Shaxsiy va jamoaviy masʼuliyatni oshirish» mavzusidagi amaliy-psixologik trening tashkil etildi.
Trening jarayonida ishtirokchilar psixologlar tomonidan tayyorlangan interaktiv mashgʻulotlar, jamoaviy topshiriqlar va amaliy mashqlarda faol ishtirok etdilar.
Mashgʻulotlar davomida jamoada oʻzaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, samarali muloqot qilish, bir-birini qoʻllab-quvvatlash, shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda yagona maqsad sari hamjihatlik bilan harakat qilish kabi muhim koʻnikmalar rivojlantirildi.
Shaxsiy masʼuliyat — natijaga, jamoaviylik esa muvaffaqiyatga yetaklaydi!
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram