JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI
Markazning Inson resurslarini boshqarish bo‘limi tomonidan Toshkent shahar hamda tuman bo‘linmalari rahbar va xodimlari ishtirokida «Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish» mavzusidagi amaliy-psixologik trening tashkil etildi.
Trening jarayonida ishtirokchilar psixologlar tomonidan tayyorlangan interaktiv mashg‘ulotlar, jamoaviy topshiriqlar va amaliy mashqlarda faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulotlar davomida jamoada o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, samarali muloqot qilish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda yagona maqsad sari hamjihatlik bilan harakat qilish kabi muhim ko‘nikmalar rivojlantirildi.
Shaxsiy mas’uliyat — natijaga, jamoaviylik esa muvaffaqiyatga yetaklaydi!
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram