“Kitob karvoni” yoʻlga chiqdi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Kitob karvoni” maʼrifiy aksiyasiga start berildi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Markaziy bank hamkorligida tashkil etildi.
Aksiya doirasida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi” 35 ta namunali mahallaga 35 ming nusxa kitob topshiriladi.
Tashabbusning asosiy maqsadi:
- mahallalarda kitobxonlik muhitini rivojlantirish;
- yoshlarni mutolaaga keng jalb etish;
- aholining sifatli adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyatini kengaytirish;
- mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada mustahkamlash.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram