“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Kitob karvoni” ma’rifiy aksiyasiga start berildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Markaziy bank hamkorligida tashkil etildi.

Aksiya doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 35 ta namunali mahallaga 35 ming nusxa kitob topshiriladi.

Tashabbusning asosiy maqsadi:

- mahallalarda kitobxonlik muhitini rivojlantirish;

- yoshlarni mutolaaga keng jalb etish;

- aholining sifatli adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

- mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram