Maʼnaviyat, obodlik va hamjihatlik sari yana bir muhim qadam
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanovning Namangan viloyati tumanlariga tashrifi davomida mahallalardagi obodlik va ozodalik muhiti, aholining ahilligi, nuroniylar faolligi hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Xizmat safari davomida mahalla faollari, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqotlar oʻtkazilib, oiladagi totuvlik, milliy qadriyatlar, maʼnaviy muhitni mustahkamlash, kelin-qaynona munosabatlari, yoshlarni vatanparvarlik va ezgu gʻoyalar ruhida tarbiyalash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, sport sohasida yuksak natijalarga erishgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning yutuqlari eʼtirof etildi. Chempionlarga esdalik sovgʻalari va kitoblar topshirilib, bu kabi eʼtibor yoshlarni yangi marralar sari ilhomlantirishi taʼkidlandi.
Xonadonlar va tomorqalardagi barakali mehnat, obod turmush, uzumzor va bogʻlarning namunali holati ham yuqori baholandi. Mehnatsevarlik, bunyodkorlik va yerga mehr bilan munosabat farovon hayotning muhim omili ekani qayd etildi.
Uychi tumanidagi "Nuroniylar maskani" faoliyati bilan tanishuv chogʻida esa keksa avlod uchun yaratilgan sharoitlar, ularning jamiyat hayoti va yoshlar tarbiyasidagi beqiyos oʻrni alohida eʼtirof etildi. Maskan kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohani rivojlantirishdagi samarali hamkorlik uchun tuman hokimligiga tashakkurnoma topshirildi.
Obod mahalla, ahil oila, faol nuroniy va intiluvchan yoshlar — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam maʼnaviy tayanchidir.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram