“MAʼNAVIYAT QALQONI”: KITOBXON HARBIY XIZMATCHILAR ANIQLANDI!
Buxoro viloyatida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining 1-bosqichi oʻtkazildi.
Markazning Buxoro viloyat boʻlimi, DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli Buxoro shahridagi harbiy qism qoʻmondonligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar mutolaa qilgan asarlari yuzasidan bilim va dunyoqarashlarini namoyon etib, bellashdilar.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram