“MA’NAVIYAT QALQONI”: KITOBXON HARBIY XIZMATCHILAR ANIQLANDI!

Buxoro viloyatida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi.

Markazning Buxoro viloyat bo‘limi, DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Buxoro shahridagi harbiy qism qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar mutolaa qilgan asarlari yuzasidan bilim va dunyoqarashlarini namoyon etib, bellashdilar.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram