“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati faoliyati — endi raqamli platformada

Maʼrifatparvarlar faoliyatini yagona raqamli tizimga birlashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etiladi. Yangi tizim orqali:

 

maʼrifatparvarlarning yagona respublika reyestri shakllantiriladi;

  ularning faoliyati, yutuqlari, loyihalari va vazifalari raqamli tarzda tizimlashtiriladi;

  oʻtkazilayotgan maʼrifiy tadbirlarning samaradorligi baholanadi;

  aholining bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish darajasi monitoring qilinadi;

  maʼrifiy faoliyat natijalari tahlil qilinib, uni yanada samarali tashkil etish uchun raqamli maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

Bu — maʼrifatparvarlar faoliyatini zamonaviy raqamli muhitga olib kirish, ular haqidagi maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va maʼrifiy ishlar samaradorligini yangi bosqichga koʻtarish imkonini beradi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram