“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyati — endi raqamli platformada

Ma’rifatparvarlar faoliyatini yagona raqamli tizimga birlashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etiladi. Yangi tizim orqali:

 

ma’rifatparvarlarning yagona respublika reyestri shakllantiriladi;

  ularning faoliyati, yutuqlari, loyihalari va vazifalari raqamli tarzda tizimlashtiriladi;

  o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi baholanadi;

  aholining bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi monitoring qilinadi;

  ma’rifiy faoliyat natijalari tahlil qilinib, uni yanada samarali tashkil etish uchun raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Bu — ma’rifatparvarlar faoliyatini zamonaviy raqamli muhitga olib kirish, ular haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda jamlash va ma’rifiy ishlar samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram