Mustaqillik — bu shunchaki ozodlik emas, balki oʻzligini anglash, milliy gʻurur va maʼnaviy kuch bilan yashash demakdir.

Zero, maʼnaviyati yuksak xalqning ruhi ham, irodasi ham, kelajagi ham buyuk boʻladi.

Biz chinakam mustaqillikka qachon erishamiz?

Qachonki ongimiz begona qarashlardan, qalbimiz qaramlik ruhidan xalos boʻlib, oʻz qadriyatlarimiz, tariximiz va milliy gʻururimizga tayangan holda mustaqil fikrlay olsak!

Maʼnaviy mustaqillik — millatning koʻrinmas, ammo eng qudratli qalqonidir. Uni hech qanday kuch zabt eta olmaydi. Chunki oʻzligini anglagan xalqni hech kim yenga olmaydi!

Mustaqillikni asrash — faqat sarhadlarni emas, avvalo qalblarimizni, ongimizni va maʼnaviyatimizni asrashdir.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram