Mustaqillik — bu shunchaki ozodlik emas, balki o‘zligini anglash, milliy g‘urur va ma’naviy kuch bilan yashash demakdir.
Zero, ma’naviyati yuksak xalqning ruhi ham, irodasi ham, kelajagi ham buyuk bo‘ladi.
Biz chinakam mustaqillikka qachon erishamiz?
Qachonki ongimiz begona qarashlardan, qalbimiz qaramlik ruhidan xalos bo‘lib, o‘z qadriyatlarimiz, tariximiz va milliy g‘ururimizga tayangan holda mustaqil fikrlay olsak!
Ma’naviy mustaqillik — millatning ko‘rinmas, ammo eng qudratli qalqonidir. Uni hech qanday kuch zabt eta olmaydi. Chunki o‘zligini anglagan xalqni hech kim yenga olmaydi!
Mustaqillikni asrash — faqat sarhadlarni emas, avvalo qalblarimizni, ongimizni va ma’naviyatimizni asrashdir.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram