#Mustaqillik35

#Toshkent_viloyati

🇺🇿 Yangiyoʻl tumanida “Mustaqillik toʻyi” festivali doirasida qator tadbirlar oʻtkazildi.

Festival doirasida Dehqonobod va Ahil mahallalarida maʼnaviy-maʼrifiy va bayram tadbirlari tashkil etildi.

“Kitob karvoni” loyihasi orqali xonadonlarga tashrif buyurilib, bolajonlarga badiiy va maʼrifiy kitoblar ulashildi. Shuningdek, tadbirlarda tinchlik va osoyishtalik, xalq birdamligi, milliy qadriyatlar hamda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar keng targʻib qilindi.

Bayramona dasturlar, milliy urf-odat va anʼanalar, kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram