#Mustaqillik35
#Toshkent_viloyati
🇺🇿 Yangiyo‘l tumanida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida qator tadbirlar o‘tkazildi.
Festival doirasida Dehqonobod va Ahil mahallalarida ma’naviy-ma’rifiy va bayram tadbirlari tashkil etildi.
“Kitob karvoni” loyihasi orqali xonadonlarga tashrif buyurilib, bolajonlarga badiiy va ma’rifiy kitoblar ulashildi. Shuningdek, tadbirlarda tinchlik va osoyishtalik, xalq birdamligi, milliy qadriyatlar hamda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar keng targ‘ib qilindi.
Bayramona dasturlar, milliy urf-odat va an’analar, kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram