ONA TILIMIZ – MILLAT RUHI, MILLIY OʻZLIGIMIZ VA GʻURURIMIZ!
21 oktyabr – xalqimiz hayotidagi unutilmas va tarixiy sana. Bundan 37 yil muqaddam shu kunda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Bu – shunchaki huquqiy maqom emas, balki milliy oʻzligimiz, tarixiy xotiramiz va maʼnaviy qadriyatlarimizning yuksak eʼtirofi.
Bugun oʻzbek tilining nufuzi nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham tobora yuksalib, tilimiz jahon ilm-fani, madaniyati va diplomatiyasida munosib oʻrin egallamoqda.
Oʻz tilimizni asrash, uning sofligi va boyligini taʼminlash – har birimizning milliy masʼuliyatimizdir.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!