🇺🇿Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida 🇮🇷Eronni 3:1 hisobida magʻlub etdi
Dastlab, 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqiblarning xatosidan keyin hisobni ochdi. 49-daqiqada eronliklar jarima zarbasidan soʻng, muvozanatni tiklashdi.
58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada esa Husayn Norchayev oʻyinga nuqta qoʻygan golni kiritdi – 3:1.
Terma jamoamizning keyingi oʻrtoqlik oʻyini 1-oktyabr kuni Toshkentda 🇸🇾Suriyaga qarshi boʻlib oʻtadi.