🇺🇿O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida 🇮🇷Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

Dastlab, 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqiblarning xatosidan keyin hisobni ochdi. 49-daqiqada eronliklar jarima zarbasidan so‘ng, muvozanatni tiklashdi.

58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada esa Husayn Norchayev o‘yinga nuqta qo‘ygan golni kiritdi – 3:1.

Terma jamoamizning keyingi o‘rtoqlik o‘yini 1-oktyabr kuni Toshkentda 🇸🇾Suriyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.