Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar
➖ Ilgari tarqoq boʻlgan Markaziy Osiyo bugungi kunda birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida taraqqiyotning umumiy maqsadlari yoʻlida birlashmoqda;
➖ Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qoʻshilishi oʻzaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;
➖ Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afgʻonistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish uchun tarixiy imkoniyat ochilmoqda;
➖ Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, oʻzaro bogʻliqlik va yaxshi qoʻshnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;
➖ Mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirishga oʻtish vaqti keldi;
➖ Savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi oʻzaro bogʻliqlik mustahkamlanadi, uzluksiz sanoat-texnologik zanjirlar kengaytiriladi, umumiy raqamli xizmatlar va investisiya platformalari rivojlantiriladi;
➖ Markaziy Osiyo taʼlim, ilm-fan va katta maʼlumotlar sohasida innovatsiyalar boʻyicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak;
➖ Ekologik tahdidlar davlat chegaralarini tan olmaydi, shunday ekan, ularga javob choralari ham umumiy boʻlishi kerak;
➖ Gumanitar aloqalar Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining oʻzgarmas ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi;
➖ Zamonaviy hamkorlik chuqurlashgani sari umummintaqaviy oʻziga xoslik va xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlik yanada mustahkamlanmoqda;
➖ Bizning umumiy kuchimiz – birlik, oʻzaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qatʼiy sadoqatimizdadir.