Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Markazning Namangan viloyati boʻlimi hamda tuman, shahar boʻlinmalari rahbar va xodimlari uchun tashkil etilgan “Shaxsiy va jamoaviy masʼuliyatni oshirish” mavzusidagi amaliy psixologik treningi juda qizgʻin boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, xodimlarning oʻzini oʻzi tahlil qilishi, shaxsiy ijobiy va salbiy jihatlarini anglab yetishi hamda oʻz ustida ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashqlar bajarildi.

Shundan soʻng Jamoadagi oʻzaro munosabatlar psixologiyasini oʻrganish boʻyicha “Sosiologik tadqiqot” anketasi toʻldirildi

Bunday mashgʻulotlar sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish, samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish va jamoada oʻzaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram