Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Markazning Namangan viloyati bo‘limi hamda tuman, shahar bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun tashkil etilgan “Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish” mavzusidagi amaliy psixologik treningi juda qizg‘in bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, xodimlarning o‘zini o‘zi tahlil qilishi, shaxsiy ijobiy va salbiy jihatlarini anglab yetishi hamda o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashqlar bajarildi.
Shundan so‘ng Jamoadagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha “Sosiologik tadqiqot” anketasi to‘ldirildi
Bunday mashg‘ulotlar sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish va jamoada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram