Xitoy koʻchalarida kimlarning surati ilinmoqda?
Aktyorlar emas. Xonandalar, inflyuyenserlar ham emas.
OLIMLAR!
Chjenchjou metrosi va Xitoyning ayrim shaharlarida mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlarning portretlari reklama ekranlari va bannerlarga joylashtirilmoqda.
Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, raketa-kosmik dasturlarining asoschilari, mamlakat ilm-fani va sohalar taraqqiyotiga hissa qoʻshgan mashhur shaxslar bor.
Eng qizigʻi — ayrim joylarda ularning portretlari hatto qimmat tijoriy reklama oʻrnini egallagan.
Bu shunchaki reklama emas.
Bu — jamiyatga kimni namuna qilib koʻrsatish haqidagi tanlov.
Bola har kuni ekranda kimni koʻrsa, ertaga shunga oʻxshashni orzu qiladi.
Shuning uchun Xitoy jamiyatiga muhim signal bermoqda: "Mashhur boʻlish uchun sahnaga chiqish shart emas. Ilm bilan ham qahramon boʻlish mumkin".
Chunki jamiyat kimni "yulduz"ga aylantirsa, kelajak avlod ham shunga ergashadi.
Olimni qahramon qilgan jamiyat — ilmni orzuga aylantiradi!
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram