Xitoy ko‘chalarida kimlarning surati ilinmoqda?
Aktyorlar emas. Xonandalar, inflyuyenserlar ham emas.
OLIMLAR!
Chjenchjou metrosi va Xitoyning ayrim shaharlarida mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlarning portretlari reklama ekranlari va bannerlarga joylashtirilmoqda.
Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, raketa-kosmik dasturlarining asoschilari, mamlakat ilm-fani va sohalar taraqqiyotiga hissa qo‘shgan mashhur shaxslar bor.
Eng qizig‘i — ayrim joylarda ularning portretlari hatto qimmat tijoriy reklama o‘rnini egallagan.
Bu shunchaki reklama emas.
Bu — jamiyatga kimni namuna qilib ko‘rsatish haqidagi tanlov.
Bola har kuni ekranda kimni ko‘rsa, ertaga shunga o‘xshashni orzu qiladi.
Shuning uchun Xitoy jamiyatiga muhim signal bermoqda: "Mashhur bo‘lish uchun sahnaga chiqish shart emas.
Ilm bilan ham qahramon bo‘lish mumkin".
Chunki jamiyat kimni "yulduz"ga aylantirsa, kelajak avlod ham shunga ergashadi.
Olimni qahramon qilgan jamiyat — ilmni orzuga aylantiradi!
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram