Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qo‘mitasi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslarini takomillashtirish va davlat–jamiyat hamkorligini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, soha mutaxassislari hamda Markaz mas’ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat–jamiyat hamkorligini mustahkamlash va bu boradagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Davra suhbatida “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning institutsional asoslari”, “Davlat–jamiyat hamkorligini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari” hamda “Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan islohotlar” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Yakunda bildirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi samarali hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.