Davlat xizmatining chinakam samaradorligi uning oʻz xalqi tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan qanchalik uygʻunligiga bogʻliq. Shu maʼnoda, milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish xalq bilan davlat oʻrtasidagi ishonch koʻprigini mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi.

Joriy yilning avgust oyidan boshlab barcha vazirlik va idorlar bilan hamkorlikda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” ijtimoiy loyihasi aynan davlat xizmatchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqatni mustahkamlash, boshqaruv madaniyatini yuksaltirish hamda kasbiy va shaxsiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

21-25-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Madaniy meros agentiligi markaziy apparati xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-treninglar interaktiv muloqot va amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkazildi. Zamonaviy davlat xizmatida maʼnaviy qadriyatlarning oʻrni, fuqarolar va jamoa bilan ishlash, shaxsiy rivojlanish, boshqaruv psixologiyasi hamda stressni samarali yengish mavzularidagi seminar-treninglariga 570 ga davlat xizmatchilari qamrab olindi.