Özbekiston ziyolilari umumiy maqsad yölida birlaşmoqda
Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari ötkaziladi.
Bu yiğilişlar “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boşqa sohalar vakillarini birlaştiradi.
Maqsad – ziyolilarning bilim va tajribasini yurt taraqqiyotiga yönaltiriş, joylardagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilib, amaliy takliflar işlab çiqiş.
Hududlarda bildirilgan taşabbuslar umumlaştirilib, Kengaşning respublika yiğilişida taqdim etiladi.