“Prezident komandasi sizlarga koʻmakchi boʻladi” — davlat rahbari investorlarga har tomonlama yordam berilishini taʼkidladi

Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha Oʻzbekistonda 22 ming MVt yangi quvvat yaratilishi, elektr energiyasi ishlab chiqarish 129 mlrd kVt⋅soatdan oshishi, “yashil” energiya ulushi esa 54 foizga yetishi rejalashtirilganini taʼkidladi. Bu maqsadlarga erishishda investorlarning sarmoyasi va ilgʻor texnologiyalari asosiy oʻrin tutadi.