Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini taʼkidladi.

Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli oʻsishni taʼminlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha natijalar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yoʻlaklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani taʼkidlandi.