OÇIQ MULOQOT: YANGI TAŞABBUSLAR, AMALIY YEÇIMLAR

Sirdaryo viloyatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinçi örinbosari Eʼzoza Karimova ishtirokida sayyor qabul taşkil etildi. Unda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga masʼul xodimlar hamda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari qatnaşdi.

Oçiq muloqot davomida sohaga doir dolzarb masalalar, joylardagi mavjud muammolar, maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşirişga qaratilgan taklif va taşabbuslar muhokama qilindi.

Xususan, sayyor qabulda:

🔹 “Maʼnaviyat va ilm klublari” — “Ustoz-şogird” anʼanasini zamonaviy shaklda rivojlantiriş, avlodlar örtasida bilim va tajriba almaşinuvini yölga qöyiş;

🔹 “Maʼnaviy immunitet va hayotiy könikmalar” — mahallalarda interfaol oçiq muloqotlar va mahorat darslarini taşkil etiş;

🔹 “Bir mahalla — bir tarix” — har bir mahallaning tarixi, taniqli insonlari, milliy qadriyat va anʼanalarini elektron platformada jamlaş;

🔹 “Oilaviy kitobxonlik” — oilalarda mutolaa madaniyatini rivojlantiriş va kitobxonlik anʼanalarini ommalaştiriş;

🔹 “Bir avlod — bir hikmat” — maktab öquvçilarining nuroniylar, faxriy ustozlar hamda mehnat faxriylari bilan uçraşuvlarini taşkil etiş, ularning hayotiy tajribasi va ibratli fikrlarini videolavhalar orqali keng tarğib qiliş kabi istiqbolli taşabbuslar ilgari surildi.

Qabul yakunida murojaatlar va bildirilgan takliflar yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriq hamda tavsiyalar berildi. Maʼnaviy-maʼrifiy işlarni yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etiş, jamoatçilik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va aholi bilan bevosita muloqot samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.