OÇIQ MULOQOT: YANGI TAŞABBUSLAR, AMALIY YEÇIMLAR

Sirdaryo viloyatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinçi örinbosari E’zoza Karimova ishtirokida sayyor qabul taşkil etildi. Unda ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlar hamda “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zolari qatnaşdi.

Oçiq muloqot davomida sohaga doir dolzarb masalalar, joylardagi mavjud muammolar, ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşirişga qaratilgan taklif va taşabbuslar muhokama qilindi.

Xususan, sayyor qabulda:

🔹 “Ma’naviyat va ilm klublari” — “Ustoz-şogird” an’anasini zamonaviy shaklda rivojlantiriş, avlodlar örtasida bilim va tajriba almaşinuvini yölga qöyiş;

🔹 “Ma’naviy immunitet va hayotiy könikmalar” — mahallalarda interfaol oçiq muloqotlar va mahorat darslarini taşkil etiş;

🔹 “Bir mahalla — bir tarix” — har bir mahallaning tarixi, taniqli insonlari, milliy qadriyat va an’analarini elektron platformada jamlaş;

🔹 “Oilaviy kitobxonlik” — oilalarda mutolaa madaniyatini rivojlantiriş va kitobxonlik an’analarini ommalaştiriş;

🔹 “Bir avlod — bir hikmat” — maktab öquvçilarining nuroniylar, faxriy ustozlar hamda mehnat faxriylari bilan uçraşuvlarini taşkil etiş, ularning hayotiy tajribasi va ibratli fikrlarini videolavhalar orqali keng tarğib qiliş kabi istiqbolli taşabbuslar ilgari surildi.

Qabul yakunida murojaatlar va bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriq hamda tavsiyalar berildi. Ma’naviy-ma’rifiy işlarni yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etiş, jamoatçilik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va aholi bilan bevosita muloqot samaradorligini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.