XX asr boshlaridagi oʻzbek ziyolilarining ichida Elbek (Mashriq Yunusov, 1898–1942) alohida ajralib turadi. Ayniqsa, uning oʻzbek tilining himoyasi yoʻlidagi qator tadqiqotlari har qanday tahsinga loyiqdir. Jumladan, u “Turkiston”, “Qizil bayroq” gazetalari hamda “Inqilob” va “Maorif va oʻqitgʻuvchi” jurnallarida eʼlon qilgan maqolalarida oʻzbek tiliga asrlar mobaynida kirib kelgan soʻzlarning oʻrniga sof turkiycha shakllarni taqdim etadi. Elbekning oʻzi buning sabablari haqida toʻxtalib: “Matbuotimizda, toʻgʻrisini aytganda bosilmoqda boʻlgʻon kitob, jurnal va gazetalarimiz, eski holidan oʻxshatib boʻlmasliq darajada oʻzgarib, kundan kunga yuksalib, kengayib boradir. Bir vaqtlar, yaramas, yanglish iboralar, arabiy, forsiy soʻzlar va turkcha soʻzlar ham uchrayturgʻonning, “ni”, “moq”, “mak” kabi qoʻshimcha va masdar belgilarini oʻz yerlariga qoʻyilmagʻon tubsiz safsatalar bilan toʻlib chiqqon kitoblar oʻrnigʻa, bu kun (garchi butunlay yanglish yoʻq deb aytib boʻlmasa-da) anchagina yoʻlgʻa qoʻyilgʻon kitob, jurnal va gazetalar bosilib turadir. Bu ish, bizning keyingi 3–5 yil orasida heyli yuksalganimizni koʻrsatishga taniq (isbot, misol – M.Alijonov) boʻla oladir. Biroq biz, bu yuksalishga yuz tutgʻon adabiyotimizni, ustidan qarab, sonini sanab, koʻnglimizni quvontirib borgʻonimizda, bu kun boʻlmasa ertaga bir turli ehtiyotsizliklar bilan tub yoʻlimizgʻa egri chiziqlar ham chizib qoʻyishimiz mumkindir. Mana shunday yanglish yoʻllardan yosh matbuotimizni qutqazish va uni toʻgʻri, foydali bir yoʻlgʻa solish uchun oz boʻlsa-da biz tilning tub negizi va yasalishdagʻi ruhiy hamda uning ingichkaligi bilan tanishmoq tegishdir (lozimdir – M.Alijonov). Hozirda matbuotimizda soddalashgan va arabiy, forsiy soʻzlarning oʻrnigʻa turkiy soʻzlar ishlana boshlagʻon esa-da, shu olingʻon soʻzlarning koʻpi arab, forsiy soʻzida (tilida – M.Alijonov) anglashilgʻon maʼnoning juda (xuddi – M.Alijonov) oʻzi boʻla olmay qoladir. Bundan boshqa til-imlo qoidalarida esa tub qoidaga teskari oʻlaroq tuzilgan yanglish va gʻoyat fahsh soʻzlar ham uchrab turadir… Tilimiz orasida hali arab, forsning boʻyunturugʻi ostida ezilmagan erkinli ravishda yashab kelmakda boʻlgʻon shunday nuqul (xolis) turkiy maʼnogʻa boy soʻzlar, turli oʻsimlik, jonivorlar uchun xos atalib qoʻyulgʻon atamalar bordirkim, buning arabning “Makkasi”, forsning “Mashhadi”dan ham topilishi mumkin emasdir” deb yozgan holda, “Turkiston” gazetasida maxsus tarzda “Lugʻat va atamalar bobi”ni ochishni taklif etdi va bunda keng jamoatchilikni ishtirok etishga chaqirdi.
“Lugʻat va atamalar bobi” “Turkiston” gazetasining 1923-yilgi 168, 169, 174, 177, 180, 183, 188, 191, 198, 199-sonlarida chop etilgan boʻlib, unda arab, fors va rus tillaridagi jami 550 ta soʻzning sof turkiycha shakllari taqdim etilgan. Biz quyida ushbu lugʻatdan baʼzilarini keltirmoqdamiz.
Elbekning ushbu lugʻati ilk bor bugungi kun oʻquvchilari eʼtiboriga havola etilmoqda.
Lugʻat va atamalar
|
Oʻzga tildagi atamalar |
Atamalarning turkiy tildagi shakli |
|
Doira |
Tegra – tevarak |
|
Qahat |
Yut |
|
Idora |
Boshqarma |
|
Hukumat |
Buyurma |
|
Noib |
Bosqoq |
|
Podshoh |
Xon |
|
Imperator |
Xoqon |
|
Mamlakat |
Oʻlka |
|
Asir |
Tutqun |
|
Paygʻambar |
Yalavoch |
|
Bechora |
Boyaqish |
|
Mehnat |
Ish |
|
Istiloh |
Atama |
|
Miskin |
Yoʻqsul |
|
Yetim |
Oʻksuz |
|
Xat |
Chiziq |
|
Poytaxt |
Xonboliq |
|
Shahar |
Boliq |
|
Dunyo |
Ochun |
|
Qavm |
Ulus |
|
Xalq |
El |
|
Zolim |
Yovuz |
|
Shuʼla |
Yogʻdu |
|
Aeroplan |
Uchgʻich |
|
Savol |
Soʻrog‘ |
|
Ishorat |
Imo |
|
Dori |
Em |
|
Tabib – doʻxtur |
Emchi |
|
Apteka |
Emloq |
|
Ittifoq |
Birikma |
|
Tashkilot |
Uyushma |
|
Istehkom-Крепост |
Qoʻrgʻon |
|
Asorat |
Tutqunliq |
|
Fasod |
Buzgʻun |
|
Xabar |
Darak |
|
Fursat |
Payt |
|
Vaqt |
Chog‘ |
|
Qalam |
Yozgʻich |
|
Ohang |
Kuy |
|
Maslahat |
Kengash |
|
Nasihat |
Oʻgut |
|
Asokir |
Qoʻshun |
|
Notiq |
Chechan |
|
Sabr |
Toʻzim |
|
Gunoh-maʼsiyat |
Yazoq |
|
Vatan |
Yurt |
|
Jannat |
Uchmoh |
|
Doʻzax |
Tamug‘ |
|
Adad |
Son |
|
Foyda |
Asig‘ |
|
Muhr-pechat |
Tamgʻa |
|
Guvohnoma |
Ishonch bitigi |
|
Eʼlon |
Bildirish |
|
Xat, kitob |
Bitik |
|
Mavqe, istansiya |
Bekat |
|
Duo |
Olqish |
|
Navbat |
Gal |
|
Qabr, goʻr |
Sagʻana |
|
Birodar |
Ogʻa-ini |
|
Taraf |
Tomon |
|
Jihat |
Yoq |
|
Xususan |
Ayniqsa |
|
Sayyoh |
Kezguvchi |
|
Sayohat |
Kezish |
|
Qiyofa |
Turq |
|
Shakl |
Aft |
|
Irq |
Tus |
|
Sehrgar |
Koʻzboqchi |
|
Odat |
Qiliq |
|
His |
Sezgi |
|
Darmon |
Tinka |
|
Xasis |
Ziqna |
|
Baxil |
Qurumsoq |
|
Barakat |
Qut |
|
Muborak |
Qutlug‘ |
|
Qonun |
Tuzuk |
|
Hadya |
Sovgʻa |
|
Taʼzim |
Yukun |
|
Juma (hafta kuni) |
Odina |
|
Tagʻyir |
Oʻzgarish |
|
Inqilob |
Toʻnkarish |
|
Muvofiq |
Mos |
|
Hurriyat |
Erk |
|
Qadam |
Odim |
|
Nodir |
Saygʻuli |
|
Shuhrat |
Dong |
|
Mashhur |
Dongli |
|
Majnun |
Telba |
|
Tartib |
Yoʻsun |
|
Adabiy majlis |
Gurung |
|
Intiho |
Chek |
|
Hudud |
Chegara-avvat |
|
Yordam, muovanat |
Koʻmak |
|
Kam |
Oz |
|
Non |
Yemak |
|
Meva |
Yemish |
|
Beruh |
Soʻlgʻon |
|
Sharob |
Chogʻir |
|
Mamnu’ |
Qatagʻon |
|
Pushaymon |
Oʻkinch |
|
Afsus |
Essiz |
|
Noqis |
Eksik |
|
Maqsad (ideal) |
Tilak |
|
Daʼvat |
Undash |
|
Savob |
Ezgu |
|
Gʻam-gʻussa |
Qaygʻu |
|
Faqir |
Qashshoq |
|
Husn |
Koʻrk |
|
Musiqa |
Cholgʻu |
|
Tabaqa |
Qatlam |
|
Soya |
Koʻlanka |
|
Rahm |
Ayash |
|
Baxt |
Oʻroz |
|
Rost, haqiqat |
Chin |
|
Oshpaz |
Bakovul |
|
Markaz |
Kindik |
|
Nabotot |
Oʻsimlik |
|
Mahr |
Qalin |
|
Aql |
Ong |
|
Fahm |
Es |
|
Qonun |
Bosqoq |
|
Asl |
Tub |
|
Qahramon |
Botir |
|
Jasur |
Yovqur |
|
Dushman |
Yov |
|
Alomat |
Belgi |
|
Maʼlum |
Belgili |
|
Fasl |
Palla |
|
Rizq |
Ozuq |
|
Farz |
Burch |
|
Nazorat |
Qaramoq |
|
Musobaqa |
Oʻzishma |
|
Aslaha |
Qurol |
|
Hayo |
Uyat |
|
Barg |
Yaproq |
|
Salomat |
Sog‘ |
|
Muallim |
Oʻqitgʻuvchi |
|
Mashaqqat |
Imgang |
|
Dehqon |
Ekinchi |
|
Igʻvo |
Qutqu |
|
Taqdir |
Yozmish |
|
Shoir |
Oqin |
|
Amir |
Bek |
|
Stul, kursi |
Oʻrindiq |
|
Tarjimon |
Tilmoch |
|
Mustaqil |
Oʻz boshli |
|
Tamom |
Tugal |
|
Abat |
Turgʻun |
|
Oftob |
Quyosh |
|
Atrof |
Tegra |
|
Matonat |
Chidam |
|
Qatliom |
Qirgʻin |
|
Subh |
Tong |
|
Rais |
Boshliq |
|
Sarkotib |
Yozgʻuvchi |
|
Hazin |
Mung |
|
Sado |
Un |
|
Musovot |
Tenglik |
|
Tarafdor |
Yoqdirash |
|
Doxiliy |
Ichki |
|
Xorijiy |
Tashqi |
|
Tig‘, asbob |
Yaroq |
|
Muhofiz |
Soqchi |
|
Zanjir |
Bogʻlov |
|
Namuna |
Oʻrnak |
|
Ibtido |
Boshlangʻich |
|
Ittihod |
Birlik |
|
Asos |
Negiz |
|
Intiqom |
Oʻch |
|
Gʻayr |
Oʻzga |
|
Asli |
Oʻzak |
|
Zahar |
Ogʻu |
|
Oson |
Oʻngaʼy |
|
Matbaa |
Bosoq |
|
Tan |
Gavda |
|
Qadim |
Burun |
|
Igʻvo |
Qutqu |
|
Beozor |
Yuvosh |
|
Oliy |
Yuksak |
|
Magʻfirat |
Yorlaqash |
|
Tasodif |
Toʻqnash |
|
Natija |
Sanoq |
|
Hisob |
Saygʻi |
|
Istehzo |
Uchrum |
|
Qabila |
Aymoq |
|
Iqtisod |
Tejash |
|
Hunarmand |
Joʻybor |
|
Jazm |
Qunt |
|
Kayf |
Yinak |
|
Josus |
Tilchi |
|
Peshona |
Manglay |
|
Hosil |
Unum |
|
Haykal |
Balbal |
|
Kalit |
Ochgʻich |
|
Lab |
Dudog‘ |
|
Gʻanima |
Oʻlja |
|
Muxtalif |
Qorishiq |
|
Taxmin |
Chama |
|
Sulh |
Yarash |
|
Hukm |
Kesim |
|
Muohada (dagovor) |
Kelishish |
|
Tole’ |
Koʻrgulik |
|
Avans |
Boʻnak |
|
Xato |
Yanglish |
|
Nasr |
Sochma |
|
Nazm |
Tizma |
|
Invalid |
Mayib |
|
Bahodir |
Alp |
|
Gul |
Chechak |
|
Farmoni oliy |
Yorliq |
Nashrga tayyorlovchi: Muslimbek ALIJONOV,
tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori